Tomoshabinlar uchun muhim maʼlumot
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasidagi musobaqalarni tomosha qilish uchun chipta xarid qilishdan avval quyidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz.
Oʻyin zaliga kirish va tomosha qilish tartibi
Tomoshabinlar uchun kirish vaqt oraligʻi
- 14:45–15:15 — mobil telefon bilan kirish.
- 15:45–16:45 — 400 nafargacha tomoshabin.
- 17:00–17:45 — 400 nafargacha tomoshabin.
Muhim: Tomoshabinlar hududini tark etganidan soʻng, qayta kirishga faqat yuqorida koʻrsatilgan vaqt oraliqlarida ruxsat beriladi.
- Oʻyin zalida tomoshabinlar tik turgan holda musobaqani kuzatadilar.
- Har bir vaqt oraligʻida zalga kirish sigʻim cheklovlari tufayli cheklanishi mumkin. Har bir tomosha vaqti uchun chiptalar soni cheklangan.
- 14:45 dan 15:15 gacha oʻyin zaliga mobil telefon bilan kirishga ruxsat etiladi.
- 15:15 dan keyin oʻyin zaliga mobil telefon bilan kirish taqiqlanadi. Shu sababli tomoshabinlar oʻyin zalini tark etib, mobil telefonlarini olib chiqishlari va shundan soʻng telefonsiz qayta kirishlari lozim.
- Oʻyin zaliga qayta kirishda belgilangan xavfsizlik va tartib-qoidalarga rioya qilish talab etiladi.
Koʻrgazma zali va interaktiv hududlar
Ushbu chipta egalariga oʻyin zalidan tashqari koʻrgazma zaliga kirish imkoniyati ham beriladi.
Chipta egasi koʻrgazma hududida:
- workshoplarda ishtirok etishi;
- fan-zonalarda qatnashishi;
- koʻrgazma va boshqa interaktiv tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
Tadbirga kirishda chipta bilan birgalikda ID-karta yoki pasport ham yoningizda boʻlishi shart.
Chipta maʼlumotlari shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari bilan mos kelishi kerak.
Mahalliy tomoshabinlar uchun imtiyozli narx
Oʻzbekiston fuqarolari yoki Oʻzbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun chipta imtiyozli narxda xarid qilinishi mumkin.
Imtiyozli narxdan foydalanish uchun platformaga OneID orqali kirish talab etiladi. Shaxs OneID orqali tasdiqlangandan soʻng, mahalliy tomoshabinlar uchun belgilangan chipta narxi avtomatik ravishda qoʻllanadi.
Muhim
Chipta xarid qilishdan avval kirish vaqt oraliqlari, chiptalar sonining cheklanganligi, mobil telefonlardan foydalanish tartibi va kirish talablarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
Zal sxemasi
Sxemani toʻliq oʻlchamda ochish